«Real» sobiq yarimhimoyachisi Guti o‘z vaqtida nima uchun «Milan» taklifini rad etgani haqida aytib berdi.
«Milan» menga «Real»dagi maoshimdan ko‘proq pul taklif qilgandi, ammo pul men uchun asosiy ilhom manbayi emasdi. Men boshqa biror klub tarkibida to‘liq 90 daqiqa to‘p tepgandan, «Real» safida 30 daqiqa o‘ynashni tanlardim», - deya Guti so‘zlaridan iqtibos keltirdi Madrid Xtra.
Guti «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «qaymoqranglilar» safida 1996 — 2010-yillar oralig‘ida to‘p tepgan. Umumiy hisobda futbolchi Madrid klubi safida 542 ta o‘yinda 77 ta gol urgan va 96 ta golli uzatma yetkazib bergan. «Real» tarkibida Guti 5 bor Ispaniya chempionligi, 4 marta Ispaniya Superkubogi, 3 marta Chempionlar Ligasi bosh sovrini, 2 marta qit’alararo kubok va 1 marta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.