Live
1
O'zbek

Guskov mag'lubiyatdan keyin: «O‘zbekiston kapitani» taslim bo'lmaydi. Yana bitta ko'rishamiz»

MMA
26 iyul, 11:55
O‘zbekistonlik jangchi Ankalayevga yutqazgach, o'z fikrlarini bildirdi.
Guskov mag'lubiyatdan keyin: «O‘zbekiston kapitani» taslim bo'lmaydi. Yana bitta ko'rishamiz»
Foto: Getty Images

Bogdan Guskov Magomed Ankalayevga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

UFC yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg gacha) reytingning to‘qqizinchi pog‘onasida borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turnirida sobiq chempion, rossiyalik Magomed Ankalayevga yutqazdi.

«Do'stlar, barchangizga salom. Bugun shunday bo‘ldi. Ammo bir narsani aniq aytaman — «O‘zbekiston kapitani» taslim bo‘lmaydi. Yana ko‘rishamiz», — deb yozdi Guskov ijtimoiy tarmoqda.

33 yoshli Bogdan professional aralash jang san'ati (MMA)dagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan. U 2023 yildan buyon UFC'da ishtirok etib kelmoqda.

Guskov UFC'da 4 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Bugungi yangiliklar