UFC jangchisi Bogdan Guskov yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli raqibi sifatida Magomed Ankalayevni aytib o'tdi.
«Yaxshi yangilikni qabul qilish uchun menga vaqt kerak emas. Menejerim Magomed bilan jang qilish imkoniyati borligini aytganida, shunday dedim: "Bu jang faoliyatim va hayotimni o'zgartirib yuborishi mumkin".
Biz mashg'ulot yig'inini uch raundga mo'ljallab tayyorladik. Besh raund qanday o'tishini ko'ramiz, men birinchi marta shunday formatda jang qilaman.
Ankalayev bilan jang Blaxovichga qarshi bahsdan ham qiziqroq. Magomed reytingda 1-o'rinda turibdi. Bu mening kimligimni ko'rsatib beradigan sinov.
Men 33 yoshdaman, kutib o'tira olmayman. Menga faqat raqibning nomi va jang o'tkaziladigan joy kerak.
Ankalayev — bizning diviziondagi eng kuchli jangchi. Uning Pereyraga qarshi mag'lubiyatiga kelsak, bu shunchaki omadsiz kun edi.
Magomed hamon xavfli va juda kuchli jangchi bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham bir raqib vazn tashlash kerakligini aytadi, boshqasi parvoz uzoqligini bahona qiladi, yana biri esa kino ko'rib, plyajga borishni xohlaydi.
Menga esa raqibning kim ekani va jang o'tkaziladigan joyning o'zi kifoya. Ushbu jang orqali hayotimni o'zgartirishga harakat qilaman», — dedi Guskov.
Ma'lumot o'rnida, Magomed Ankalayev va Bogdan Guskov 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi