Live
7
O'zbek

Erik ten Xag: «Bu yigit o‘zgacha iqtidor sohibi ekanligi darhol sezilgan»

Futbol
21 oktabr, 08:30
«Qizil iblislar» sobiq ustozi jamoaning yosh, iqtidorli yarimhimoyachisini birinchi bor ko‘rganini yodga oldi.
Erik ten Xag: «Bu yigit o‘zgacha iqtidor sohibi ekanligi darhol sezilgan»
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yarimhimoyachisi Kobbi Maynu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uni birinchi marta ikkinchi jamoa safidagi o‘yinini ko‘rganimda: «Bu yigit o‘zgacha iqtidor sohibi», deganman. Uning uchun barchasi juda oson amalga oshardi. Shuning uchun unga boshqa daraja kerakligini tushunganman, shu sababli uni asosiy jamoada sinashni boshlaganmiz.

Men uchun Kobbi — o‘zgacha futbolchi. Ko‘pchilik unga qo‘llab-quvvatlagan va o‘sishiga yordam bergan. Biroq oxir-oqibat barchasiga u o‘z mehnati bilan erishmoqda», — dedi ten Xag The Athletic nashri uchun intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maynu — «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yangi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta samarali uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar