Bugun
34
O'zbek

Emiliano Martines APLning top-klubiga o‘tishi mumkin

Futbol
19 avgust, 02:30
Argentinalik darvozabonga «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda.
Emiliano Martines APLning top-klubiga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines «Tottenhem»ning transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» Gulyelmo Vikario «Yuventus»ga o‘tganidan so‘ng 33 yoshli Martinesni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Aston Villa» avvalroq asosiy darvozabon sifatida Zion Suzuki bilan shartnoma imzolagani sababli argentinalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

O‘tgan mavsumda Martines barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Emiliano Martinesning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt 33 yoshli darvozabonning bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar