«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasi yarimfinalida «Nottinghem Forest»ga qarshi javob bahsi oldidan fikr bildirdi.
«Bizda hozir yoki kelajak uchun yangi maqsadlar qo‘yish imkoniyati bor. Bugun biz yoki boshqalar uchun so‘nggi imkoniyat deb o‘ylamayman. Futbolchilar jarayondan zavqlanmoqda. Ular futbolning qiyinchiliklarini tushunadi, ammo so‘nggi uch yil ichida «Aston Villa»da boshdan kechirayotgan davrimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Albatta, biz hanuz juda talabchanmiz va har bir ishda izchil harakat qilamiz. Bu natija bizning fikrlashimizni yoki rivojlanish jarayonimizni o‘zgartirmaydi», — dedi Emeri matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, yarimfinalning ilk bahsida «Nottinghem Forest» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Javob o‘yini 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.