"Aston Villa" 44 yildan so'ng ilk bor yevrokubok finalida o'ynaydi.
Unai Emeri boshchiligidagi jamoa yarimfinalda “Nottinghem Forest”ni magʻlub etib (0:1, 4:0), Yevropa Ligasi finaliga yoʻl oldi.
"Aston Villa" so'nggi marta 1982 yilda yevrokubok finalida o'ynagandi — o'shanda klub Yevropa chempionlar kubogining hal qiluvchi bahsida "Bavariya"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Shuningdek, birminghemliklar 2001 va 2008 yillarda ikki marta Intertoto kubogi g'olibiga aylangan.
"Frayburg" esa o'z tarixida ilk bor evrokubok finaliga chiqdi. Bunga qadar nemis klubining eng yaxshi natijasi Yevropa Ligasi 1/8 finaliga chiqish bo'lgan — jamoa bunga 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumlarda bunga erishgan.
Yevropa Ligasi finali 20 may kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.