"Real" va "Leyptsig" Yan Diomandening transferi bo'yicha kelishuvni yakunlamoqda.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, nemis klubi 19 yoshli vingerga tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Madridga uchib ketishga ruxsat bergan.
Transfer qiymati 125+15 million yevroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, ivuarlik futbolchi o'tgan mavsumda Bundesligada 33 o'yinda 12 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Diomandega La Liga begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumda "Leganes"da harakat qilgan.
Diomande "Real" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat oldi
Futbol
6 avgust, 08:00
"Leyptsig" nihoyat kelishuvga rozi bo'ldi.
Foto: Getty Images