Bugun
34
O'zbek

Di Gregorio «Yuventus»ni tark etishga qaror qildi — Romano

Futbol
19 avgust, 02:15
Darvozabon Gulyelmo Vikario transferidan so‘ng Turin klubini tark etishga tayyor.
Di Gregorio «Yuventus»ni tark etishga qaror qildi — Romano
Foto: Getty Images

«Yuventus» darvozaboni Mishele Di Gregorio transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Di Gregorio «Marsel»ga taklif qilingan va hozirda futbolchini ijara asosida transfer qilish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mishele Di Gregorio «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda ijara asosida «Yuventus»ga o‘tgan, 2025 yildan esa Turin klubining doimiy futbolchisiga aylangan.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» 18 avgust kuni Gulyelmo Vikario «Tottenhem»dan 2027 yil 30 iyunigacha ijara asosida transfer qilinganini e’lon qilgandi. Italiyalik darvozabon o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta bahsni darvozasidan gol o‘tkazmasdan yakunlagan.

Bugungi yangiliklar