Bugun
12
O'zbek

De Paul JCH oldidan muxlislarga murojaat qildi

Futbol
10 iyun, 02:08
Argentina milliy jamoasi a’zosi Rodrigo de Paul mundial startidan avval muxlislarga murojaat qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
De Paul JCH oldidan muxlislarga murojaat qildi
Foto: Gettyimages

10 iyun kuni erta tongda Lionel Skaloni jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Islandiyani yirik hisobda taslim qildi – 3:0. Gollar Valentin Barko, Lionel Messi va Tiyago Almada hisobiga yozildi.

«Muxlislarga murojaat? Biz borimizni beramiz va hattoki biroz ko‘prog‘ini ham. Biz odamlarni baxtli qilishni istaymiz. Umid qilamanki, jamoada Qatardagidek birdamlik bo‘ladi. O‘sha tarixiy kunda, g‘alabadan keyingi his-tuyg‘ularni yana o‘zimda sezishni, boshdan o‘tkazishni istayman. Buni amalga oshirishga urinib ko‘ramiz. Buni uddalay olishimizga ishonaman», – deya de Paul so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Gaston Edul.

Eslatib o‘tamiz, Argentina JCH guruh bosqichida Jazoyir, Avstriya va Iordaniya milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar