«Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ijobiy tus olmayapti. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Katta ehtimol bilan u mavsum yakuniga yetganidan so‘ng Neapol klubini tark etishi mumkin.
Belgiyalik 35 yoshli futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida nihoyasiga yetadi. Kevin faoliyati davomida «Volfsburg», «Chelsi», «Manchester Siti» jamoalarida o‘ynagan.
Agar klub va futbolchi o‘zaro kelisha olmasa, unga MLS va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirmoqda. «Inter Mayami» De Bryuyne bilan hamkorlikni davom ettirish taklifini bermoqda.
Kevin bu mavsumda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq De Bryuyne «Napoli»ni tark etish haqida o‘ylamaganini aytgandi.