Live
1
O'zbek

«Byornli» Skott Parker bilan xayrlashdi

Futbol
30 aprel, 07:07
Mutaxassis klubdan o‘zaro kelishuv asosida ketdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Byornli» Skott Parker bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

«Byornli» bosh murabbiyi Skott Parker lavozimini tark etdi.

Klub rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlashga qaror qilgan. Bu qaror jamoaning APLdan tushib ketgani tasdiqlangach qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Parker «Byornli»ni 2024/25 yilgi mavsumda Chempionshipdan APLga olib chiqqan. O‘sha kampaniyada jamoa 33 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, 30 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlagan.

Klub bayonotida mutaxassisga professional faoliyati va qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirilgan.

Ma’lumot uchun, mavsum yakuniga qadar jamoani vaqtincha Mayk Jekson boshqaradi. «Byornli» navbatdagi bahsini «Lids»ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar