Germaniya chempionatining 12-turini Myonxengladbahdagi bahs ochib berdi va unda "Borussiya" "Leypsig" bilan golsiz durang qayd etdi.
"Buqalar" 26 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. "Borussiya M" esa ochkolarini 13 taga yetkazib, 11-pog'onaga ko'tarildi.
Bundesliga. 12-tur
Borussiya M — Leypsig 0:0
28 noyabr, "Borussiya Park"
Borussiya M — Nikolas, Skalli, Elvedi, Diks, Kastrop (Fridrix, 83), Rayts, Engelhart, Noyhaus (Reyna, 73), Nets, Onora (Klyayndist, 90), Tabakovich (Matino, 73).
Leypsig — Gulachi, Baku (Klostermann, 90+1), Orban, Lukeba, Raum, Shlager (Banzuzi, 66), Zayvald, Baumgartner, Diomande, Harder (Gomis, 82), Nusa (Bakayoko, 46).
Ogohlantirishlar: Baumgartner (45), Baku (52), Shlager (61).