Bugun
17
O'zbek

«Borussiya Dortmund» ikki transferdan voz kechishi mumkin

Futbol
27 may, 02:29
Karetsas va Moreyra uchun so‘ralayotgan narx dortmundliklarni ortga chekinishga majbur qilmoqda.
«Borussiya Dortmund» ikki transferdan voz kechishi mumkin
Foto: goal.com

Dortmundning «Borussiya» klubi yozgi transfer oynasida ikki asosiy nomzod transferidan voz kechishi mumkin. Bu haqda Sky xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Dortmund klubi «Genk» futbolchisi Konstantinos Karetsas hamda «Strasburg» vingeri Diego Moreyrani sotib olishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Qayd etilishicha, «Genk» 18 yoshli Karetsas uchun 35–40 million yevro talab qilmoqda. Dortmundliklar esa esa bunday summani yosh futbolchi uchun juda tavakkalli deb hisoblamoqda.

Diego Moreyra transferida esa boshqa muammo mavjud. 21 yoshli futbolchi asosan qanotlarda harakat qiladi va uning pozitsiyasi Niko Kovach qo‘llayotgan 3-4-3 sxemasiga to‘liq mos kelmayapti.

Hozirga qadar Dortmund klubi yangi mavsum uchun uch futbolchini tarkibga qo‘shib ulgurgan. Bular — «Zalsburg»dan kelgan himoyachi Joan Gadu hamda yosh futbolchilar Kaua Prates va Jastin Lerma.

Shuningdek, jamoa darvozaboni Gregor Kobel kasalligi sabab Shveysariya milliy jamoasi yig‘iniga hozircha qo‘shila olmaydi. U faqat tibbiy ruxsat olganidan keyin terma jamoaga boradi.

Bundan tashqari, «Borussiya Dortmund» 2026/27-yilgi mavsum uchun abonement narxlari oshirilishini ham rasman e’lon qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar