Toshkentning "Paxtakor" klubi Bobur Abduxoliqov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
28 yoshli futbolchi "sherlar" bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan bitimga imzo chekdi.
Abduxoliqov faoliyati davomida "Nasaf", "Ruh" (Ukraina), "Energetik-BGU" (Belarus), "Ordabasi" (Qozog'iston) va "Sumgait" (Ozarboyjon) kabi klublar sharafini himoya qilgan.
U shu kungacha bir martadan O'zbekiston va Qozog'iston chempioniga aylangan.
"Umid qilamizki, Abduxoliqov "Paxtakor"ning sovrinlarni qo'lga kiritishiga o'z hissasini qo'shadi", - deyiladi klub xabarida.
Avvalroq Abdulla Abdullaev "sherlar"ni tark etgani xabar qilingandi.