O‘zbekiston milliy jamoasi va «Paxtakor» himoyachisi Abdulla Abdullayev «sherlar»ni tark etdi.
27 yoshli futbolchi «Navbahor»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoa bilan xayrlashgan.
Futbolchi faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkinligi aytilmoqda. Hozircha qaysi jamoa safida to‘p surishi noma'lum.
Abdullaev bu mavsum «Paxtakor» tarkibida Superliga va kubok bahslarida 14ta o‘yinda maydonga tushgan.