«Bolonya» vingeri Federiko Bernardeski Qatar klublaridan birining taklifini qabul qilmadi. Bu haqida La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italyan 32 yoshli futbolchi faoliyatini «Bolonya» safida davom ettirishga qaror qildi.
Bernardeski o'tgan mavsum ushbu klubga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda Federiko barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, «Bolonya» o'tgan mavsum Italiya A seriyasida 8-o'rinni egallagan edi. Yangi chempionatning birinchi turida ular 24 avgust kuni o'z maydonida «Latsio»ni qabul qiladi.