Live
1
O'zbek

Benzema – "Al Hilol" futbolchisi (Romano)

Futbol
2 fevral, 15:10
38 yoshli hujumchining Saudiya peshqadami safiga oʻtishi deyarli aniq boʻldi.
Benzema – "Al Hilol" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

Karim Benzema "Al Hilol" oʻyinchisiga aylandi, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.

Avvalroq 38 yoshli hujumchi "Al Ittihod" taklif etgan shartnomadan norozi boʻlib, jiddaliklar safida oʻynashdan bosh tortgani ma'lum qilingandi.

Manbaga koʻra, fransiyalik futbolchi Riyod klubi bilan 2027 yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Benzema bu mavsumda Saudiya Proligasida 14 oʻyinda 8 ta gol urgan. Uning avvalgi klubi "Al Ittihod" ligada 6-oʻrinni, yangi jamoasi "Al Hilol" esa 1-pogʻonani egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar