Germaniyaning «Bayer» klubi Oliver Glasner nomzodiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, leverkuzenliklar avstriyalik mutaxassis bilan bosh murabbiylik lavozimi bo‘yicha bog‘langan.
Avvalroq 51 yoshli Glasner mavsum yakunlangach «Kristal Pelas»ni tark etishi haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Murabbiy London klubidagi faoliyati davomida Angliya kubogi, Angliya Superkubogi va Konferensiyalar ligasi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, «Bayer» 2025/26-yilgi Bundesligani 6-o‘rinda yakunladi.
Jamoa 34 turda 59 ochko to‘pladi va keyingi mavsum Yevropa ligasida ishtirok etadi.