«Bavariya» Chempionlar ligasi pley-offidagi ikki o‘yindan iborat to‘qnashuvlarda 16 marta birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan (1992/1993 mavsumidan boshlab). Shundan to‘rttasida Myunxen klubi ilk o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Yevrokubokning keyingi bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq yarimfinal bosqichida «Bavariya» birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin hech qachon «kambek» qila olmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» - «PSJ» yarimfinal javob bellashuvi bugun, 6-may kuni «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, birinchi o‘yinda «PSJ» 5:4 hisobida g‘alaba qozongan.