"Bavariya" klubi "Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Jül Kundega qiziqish bildirdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi fransiyalik 27 yoshli futbolchining vakillari bilan bog'lanib, uning kataloniyaliklar klubidagi holati va 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi shartlari haqida ma'lumot olgan.
Shu bilan birga, Kunde bu yozda jamoadan ketishni ko'rib chiqmayotgani qayd etilgan. Uning ustuvor vazifasi – "Barselona"da qolish.
O'tgan mavsumda futbolchi La Ligada 30 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 6 ta sariq kartochka oldi.