"Istanbul Bashakşehir" Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.
Dastlab jamoa evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagandi. Biroq "Trabzonspor" Turkiya kubogida "Konyaspor" ustidan qozoongan g‘alaba (2:1)si evaziga Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev jamoasi esa yangi mavsum Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Ma'lumot o‘rnida, Nuri Shahin shogirdlari Turkiya Superligasining yakunlangan mavsumida 57 ochko bilan 5-pog‘onadan joy olgandi.
Avvalroq "Bashakşehir" Shomurodovni to‘liq sotib olgani ma'lum qilingandi.