Bugun
36
O'zbek

Rasman: «Bashakshehir» Shomurodovni to‘liq sotib olish huquqidan foydalandi

Futbol
22 aprel, 08:29
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi rasman italiyaning «Roma» klubini tark etdi, deb xabar beradi Transfermarkt.
Rasman: «Bashakshehir» Shomurodovni to‘liq sotib olish huquqidan foydalandi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov rasman Italiyaning «Roma» klubidan Turkiyaning «Bashakshehir» jamoasi tarkibiga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Rim klubi futbolchi ketishini tasdiqladi, u endi faoliyatini Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasida davom ettiradi. Bungacha forvard turk jamoasida ijarada to‘p tepayotgan edi, ammo kelishuv shartlariga ko‘ra, turklar Superligada joyini saqlab qolgandan so‘ng o‘yinchini sotib olish majburiyatiga ega edi.

Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qildi, shu bilan birga «Roma» ijara uchun alohida 3 million yevro olgan.

Shuningdek, «bo‘rilar» futbolchining keyingi transferidan 10% ulushga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, Shomurodov Turkiya chempionatida 30 o‘yinda 18 ta gol urib, 4 ta samarali uzatma yetkazib bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
Bugungi yangiliklar