Live
1
O'zbek

Ankalayev UFC tarixidagi g'alabalar soni bo'yicha Habib Nurmagomedovga yetib oldi

MMA
26 iyul, 03:35
Bu ko'rsatkich bo'yicha faqat Makhachev va Volkov ulardan oldinda.
Ankalayev UFC tarixidagi g'alabalar soni bo'yicha Habib Nurmagomedovga yetib oldi
Foto: Championat.com

Rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalayev Abu-Dabida bo'lib o'tgan turnirda O'zbekiston vakili Bogdan Guskovni mag'lub etib, UFC tarixidagi g'alabalar soni bo'yicha mashhur hamyurti Habib Nurmagomedovga yetib oldi.

Hozirda Ankalayev va Nurmagomedov hisobida 13 tadan g'alaba bor. Ular rossiyalik jangchilar orasida 3-o'rinni bo'lishib turibdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha faqat Islom Maxachev (17 ta g'alaba) va Aleksandr Volkov (14 ta g'alaba) ulardan oldinda.

34 yoshli Ankalayev yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni hamda Rossiyadan chiqqan beshinchi UFC chempioni hisoblanadi. U UFCdagi debyutini 2018 yilda o'tkazgan va ilk jangida shotlandiyalik Pol Kreygga bo'g'ish usuli bilan mag'lub bo'lgan.

Shundan keyingi 16 ta jangda Ankalayev 12 ta g'alaba qozongan, 2 marta mag'lub bo'lgan, 1 ta jang durang bilan yakunlangan, yana 1 ta bahs esa o'tkazilmagan deb topilgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar