Bugun
14
O'zbek

Al-Hilayfiy: «Bizda 11 o‘yinchi emas, 23 nafar haqiqiy jangchilar bor»

Futbol
7 may, 06:05
«PSJ» prezidenti Nosir Al-Hilayfiy «Bavariya»ga qarshi yarimfinal javob o‘yinidan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Al-Hilayfiy: «Bizda 11 o‘yinchi emas, 23 nafar haqiqiy jangchilar bor»
Foto: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» prezidenti Nosir Al-Hilayfiy «Bavariya»ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng (1:1, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 6:5) final yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani va jamoaning tayyorgarligini baholadi.

«Bu ajoyib natija. Qatorasiga ketma-ket ikkinchi finalga chiqish bizning g‘oyalarimizni amalda tasdiqlaydi — maqsadimiz ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritish. Bizda 11 o‘yinchi emas — 23 nafar haqiqiy jangchilar bor. Jamoamiz hozir maksimal darajada jipslashgan. «Bavariya» — buyuk klub, yuqori darajali futbolchilardan iborat tarkibi bor va bunday raqibga qarshi bahs biz uchun jiddiy sinov bo‘ldi. O‘tgan yili biz yangi tariximizning poydevorini qo‘ygan edik va endi bu muvaffaqiyatni rivojlantirishni niyat qilganmiz. Bizning maqsadimiz o‘zgarmaydi — musobaqada zafar quchish. Fikrlarimiz faqat ikkinchi yulduz bilan band. Klubning asosiy aktivi — bu bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa, har bir futbolchi oxirigacha kurashishga tayyor. Parijning haqiqiy ruhi shunda. Biz eng yaxshi murabbiylar shtabi va ajoyib qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarga egamiz: bugun stadionda ham faqatgina bizning muxlislarimizning ovozini eshitish mumkin edi. Ular — eng yaxshilari», - dedi Al-Hilayfiy.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar