Bugun
8
O'zbek

Abbos Abdug'afforov — «Qizilqum» futbolchisi

Futbol
15 iyul, 02:32
Navoiy klubi mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Abbos Abdug'afforov — «Qizilqum» futbolchisi
Foto: Qizilqum PFK

Jumladan, jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini ham unutmayapti. Qirg'iziston chempionati vakili «Alay» jamoasida to'p tepib kelayotgan yosh yarimhimoyachi Abbos Abdug'afforov endilikda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi. Klub futbolchi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

Foto: Qizilqum PFK

«2004-yilda tug'ilgan yarim himoyachi Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Abbosbek jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan.

Abbosga klubimizdagi faoliyatida omad tilagan holda, «Qizilqum» ahil oilasiga xush kelibsan deb qolamiz!», - deyiladi klub xabarida.

Bugungi yangiliklar