Italiya chempionatining 35-turida «Piza» o’z maydonida «Lechche»ni qabul qildi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab Banda 52-daqiqada «Lechche»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Leris muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Cheddira mehmonlarning g’alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Piza» 18 ochko bilan turnir jadvalida 20-o’rinda qoldi va A Seriyani tark etdi. «Lechche» esa 32 ochko bilan ligada qolish uchun kurashmoqda.
A Seriya. 35-tur
Piza – Lechche 1:2
Gollar: Leris 56 - Banda 52, Cheddira 65