Live
1
O'zbek

39 yoshli Halk «Fluminense» bilan shartnoma imzoladi

Futbol
6 may, 00:39
Braziliyalik hujumchi yangi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
39 yoshli Halk «Fluminense» bilan shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

Halk «Fluminense» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 39 yoshli futbolchi bilan bitim 2027 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. U jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan.

«Haqiqatan ham braziliyalik buyuk futbolchilardan biri klubimiz bilan 2027 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzoladi. Halk faoliyati davomida o‘ynagan har bir jamoasida sovrinlar yutgan», — deyiladi «Fluminense» bayonotida.

Avvalroq «Atletiko Mineyro» 1 may kuni Xalk bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilganini e’lon qilgandi.

Ma’lumot uchun, hujumchi 2021 yildan buyon «Atletiko Mineyro» safida to‘p tepib, klub bilan Braziliya chempioni bo‘lgan hamda to‘rt bor shtat chempionligini qo‘lga kiritgan. U barcha musobaqalarda 309 ta bahsda 140 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fluminense Fluminense
  • Atletico MG Atletico MG
Bugungi yangiliklar