Live
4
O'zbek

Zverev yilni 1-o‘rinda yakunlaydigan eng yoshi katta tennischi bo‘ladi

Tennis
13 oktabr, 08:54
U bu borada Agassining rekordini yangilaydi.
Zverev yilni 1-o‘rinda yakunlaydigan eng yoshi katta tennischi bo‘ladi
Foto: Getty Images

«Katta dubulg‘a» turnirlarining ikki karra chempioni, jahonning ikkinchi raketkasi Aleksandr Zverev yil yakunida ilk bor jahon reytingida birinchi o‘rinni egallaydi va bunday maqomga erishgan eng yoshi katta tennischiga aylanadi.

ATP tashkiloti 2026-yilgi yakuniy reytingni e’lon qiladigan 23-noyabr sanasida germaniyalik tennischi 29 yosh 217 kunlik bo‘ladi.

ATP matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Zverevga qadar yil yakunida jahonda birinchi raketka bo‘lgan eng yoshi katta tennischi amerikalik Andre Agassi edi. 1999-yilda yakuniy reyting e’lon qilingan paytda «Katta dubulg‘a» turnirlarining 8 karra g‘olibi 29 yosh 214 kunlik bo‘lgan.

Yil yakunida jahonning birinchi raketkasi bo‘lgan eng yoshi katta tennischilar orasida uchinchi o‘rinda «Katta dubulg‘a» turnirlarining 3 karra chempioni Endi Marrey turadi. U 2016-yilda bu natijaga erishganida 29 yosh 197 kunlik edi.

Bunga Shanhaydagi “Masters” turnirining uchinchi bosqichida jahonning uchinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkarasning magʻlubiyati sabab boʻldi. Bu natijadan soʻng Alkaras mavsum yakuniga qadar Zverevdan oʻzib ketish imkoniyatini yoʻqotdi.

Bundan tashqari, jahonning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner ham tizzasidagi jarohat sababli mavsumni muddatidan oldin yakunlashini ma’lum qilgandi.

Bugungi yangiliklar