O‘zbekiston delegatsiyasi Dakar-2026 yoshlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida navbatdagi medalga ega chiqdi.
Yengil atletikaning uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Shahzodbek Xolmurodov 15,71 metr natija qayd etdi. Shu tariqa u shaxsiy rekordini yangilash bilan birga, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Xolmurodov ushbu natijasi orqali O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir medal taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Dakar-2026 yoshlar Olimpiadasida O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 5 taga yetdi: 4 ta kumush va 1 ta bronza.