Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika bo'yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi.
MOQ matbuot xizmati xabar berishicha, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor bo'ldi.
Dastlabki medalni bosqon uloqtiruvchi Ayubxon Fayozov keltirdi. Atlet musobaqada 71,16 metr natija qayd etdi.
Shuningdek, uch hatlab sakrash dasturida Ibrohim Mahkamov 16,34 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy oldi.
Yengil atletika. O'zbekiston yoshlar jamoasi qit'a chempionatini 2 ta kumush medal bilan boshladi
Boshqa sportlar
9 iyul, 23:40
Fayozov va Mahkamov sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Foto: Olympic uz