Bugun
43
O'zbek

Yengil atletika. O‘zbekiston III Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Boshqa sportlar
26 avgust, 03:15
Toshkentda o‘tgan turnir qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.
Yengil atletika. O‘zbekiston III Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi
Foto: Olympic uz

23-25 avgust kunlari Toshkentda yengil atletika bo‘yicha III Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Turnirda 9 davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

MOQ matbuot xizmati yozishicha, ushbu musobaqa kelasi yil Pekin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli edi.

Murosozsiz bahslar yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu musobaqa orqali O‘zbekiston jamoasi murabbiylar shtabi atletlarning Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarligini ham ko‘zdan kechirib oldi.

Bugungi yangiliklar