Live
7
O'zbek

«Xorazm» Diyor Ortiqboyev bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
28 dekabr, 15:15
Voha klubi futbolchilarini saqlab qolishni davom ettirmoqda
«Xorazm» Diyor Ortiqboyev bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Xorazm PFC

«Xorazm» klubi futbolchilarini saqlab qolishda davom etmoqda.

Voha klubi 22 yoshli himoyachi Diyor Ortiqboyev bilan kelishuvni 2027 yilgacha uzaytirdi.

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan futbolchi «Xorazm»ga o'tgan mavsumning ikkinchi qismida kelib, Superligada 15 ta o'yin o'tkazgan va 1 ta golga assistentlik qilgandi.

Ma'lumot uchun, Ortiqboyev 2023 yili O'zbekiston U-20 jamoasi safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan.

«Xorazm» avvalroq boshqa bir himoyachisi Abror Xo'sinov bilan kelishuvni uzaytirganini ma'lum qilgandi.

Bugungi yangiliklar