«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Sami Xedira Joze Mourinyo «Real»ni boshqargan davrda «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»ga tayyorgarlik jarayoni qanday kechganini so‘zlab berdi.
«El Klasiko»ga tayyorgarlik juda qiziqarli o‘tardi. Biz «Barselona» haqida ikki daqiqa gaplashardik, keyin esa 40 daqiqa Messini muhokama qilardik. Joze uchun eng kichik tafsilot ham muhim edi. Eng asosiysi Messini to‘xtatish edi», — deya Xediraning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Ma’lumot uchun, Mourinyo «Real»ni ilk bor 2010–2013 yillarda boshqargan. Portugaliyalik mutaxassis yozda Madrid klubiga yana qaytdi.
Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda «Real» La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab, chempion «Barselona»dan 8 ochko ortda qoldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi