Live
1
O'zbek

WBA Bektemir Meliqo‘ziyevning chempionlikka rasmiy da’vogar ekanini tasdiqladi

Boks
10 oktabr, 04:45
Tashkilot Hayme Mungiya va Nikita Zon o‘rtasidagi jangni tasdiqlamaganini ma’lum qildi.
WBA Bektemir Meliqo‘ziyevning chempionlikka rasmiy da’vogar ekanini tasdiqladi
Foto: Getty Images

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) meksikalik Hayme Mungiya va Nikita Zon o‘rtasidagi jangni tasdiqlamaganini ma’lum qildi. Tashkilot bu haqda o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

«WBA Hayme Mungiya va Nikita Zon o‘rtasidagi jangni tasdiqlamadi. Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazn toifasida rasmiy da’vogar hisoblanadi. Tashkilot vaziyatni qayta ko‘rib chiqadi», — deyiladi bayonotda.

Qayd etish lozim, o‘zbekistonlik bokschi WBA yo‘nalishi bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Bektemir professional boksda 18 ta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan. U g‘alabalarining 11 tasiga nokaut orqali erishgan.

Bungacha Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonorar olmasdan ham ringga chiqishga tayyorligini bildirgandi. Shuningdek, ushbu jangni O‘zbekistonda tashkil etish taklifi ham ilgari surilgan.

Bugungi yangiliklar