Londonning «Vest Hem» klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu har qanday holatda jamoadan iste'foga chiqarilmaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, «bolg‘achilar» rahbariyati jamoa hatto APLdan tushib ketsa ham portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda. Shunga qaramay, yakuniy qaror murabbiyning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Agar «Vest Hem» APLni tark etsa, ikki tomon ham tovon pulisiz shartnomani bekor qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma'lumot o‘rnida, Nunu o‘tgan yozda londonliklar bosh murabbiyi etib tayinlangan. 35-turning yakunlariga ko‘ra, jamoa 18-o‘rinda. Klubda 36 ochko mavjud bo‘lsa, 17-o‘rindagi «Tottenhem» 37 ochko jamg‘argan.