Live
3
O'zbek

Undav «Shtutgart» bilan kelishuvga erishdi

Futbol
30 may, 11:04
Tomonlar 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini kelishib olgan.
Undav «Shtutgart» bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

Hujumchi Deniz Undav «Shtutgart» bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini kelishib olgan.

O‘tgan klub mavsumining 46 ta uchrashuvida Undav 25 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq futbolchi «Yunion Sent-Jillua», «Brayton» va boshqa jamoalarda ham to‘p tepga.

2024/2025-yilgi mavsumda Undav «Shtutgart» tarkibida Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, o‘tgan mavsumda esa turnir finaligacha yetib bordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shtutgart Shtutgart
Bugungi yangiliklar