Bugun
17
O'zbek

UEFA prezidenti maslahatchisi: «Hozircha Rossiya borasidagi qarorni o'zgartira olmaymiz»

Futbol
18 aprel, 05:15
Yozef Kliment Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
UEFA prezidenti maslahatchisi: «Hozircha Rossiya borasidagi qarorni o'zgartira olmaymiz»
Foto: Getty Images

UEFA prezidenti maslahatchisi hisoblangan Yozef Kliment Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Biz barchamiz katta futbol oilasining bir qismimiz. Barcha mamlakatlar bir-biriga qarshi o'ynashini istaymiz.

Shu bilan birga, mavjud vaziyatni ham tushunamiz. Hozircha bu holatni o'zgartira olmaymiz. Kutish va voqealar qanday rivojlanishini kuzatish kerak», — dedi UEFA vakili.

Eslatib o'tamiz, Rossiya FIFA va UEFA qaroriga ko'ra xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Ta'qiq 2022 yil fevral oyidan buyon amal qilib kelmoqda.

Diskvalifikatsiya sabab Rossiya milliy jamoasi hozirda faqat o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishi mumkin. Avvalroq mamlakat yoshlar va o'smirlar jamoasi ham xalqaro musobaqalarga qaytmasligi ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar