Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) yaqinda Rossiya va Belarus sportchilarini o'z bayrog'i ostidagi musobaqalarga qo'yishni tavsiya etdi. UEFA esa hozircha bunday niyatda emas. Bu haqida RTE nashri xabar berdi.
UEFAdagi yuqori lavozimli mansabdorlar fikricha, siyosiy masalalar hal etilmaguncha Rossiya jamoalarini hatto o'smirlar va yoshlar darajasida ham musobaqalarga qaytarishning imkoni yo'q.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda UEFA Rossiyaning o'smirlar jamoalarini musobaqalarga qaytarishga uringan, ammo ayrim mamlakatlar noroziligi sabab bu g'oyadan voz kechishiga majbur bo'lgan edi. Avvalroq Rossiyaning yoshlar va o'smirlar jamoasi 2026 yilda musobaqalarga qaytarilishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.