Bugun
1
O'zbek

Rossiyaning yoshlar va o'smirlar jamoasi 2026 yilda musobaqalarga qaytarilishi mumkin

Futbol
20 noyabr, 04:00
Qolaversa, 2026 yil boshida Rossiya ayollar jamoasi ham rasmiy uchrashuvlarga qo'shilishi kutilmoqda.
Rossiyaning yoshlar va o'smirlar jamoasi 2026 yilda musobaqalarga qaytarilishi mumkin
Foto: Sports.ru

Rossiyaning yoshlar va o'smirlar jamoasi 2026 yilda musobaqalarga qaytarilishi mumkin. Bu haqda Sport Baza portali xabar berdi.

So'nggi FIFA kunlari doirasida Rossiyaning 2009 yilda tug'ilgan o'yinchilaridan tashkil topgan jamoasi Shimoliy Makedoniya jamoasiga qarshi ikki uchrashuv o'tkazdi. Bahslar Strumica shahrida bo'lib o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, raqibni tanlash UEFA va FIFAning Rossiya o'smirlar va yoshlar jamoalariga rasmiy uchrashuvlarga qaytish imkoniyatlarini qidirishi bilan bog'liq bo'lgan. Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuvlar muammosiz o'tdi va bu jamoaga yana rasmiy o'yinlarga qaytishda yordam berishi mumkin.

Shuningdek, Shimoliy Makedoniya va Rossiya jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi milliy jamoalar darajasida bo'lishi ham mumkinligi ko'rib chiqilmoqda. Mazkur qarama-qarshilik 2026 yil may-iyun oylarida o'tkazilishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

Qolaversa, 2026 yil boshida Rossiya ayollar jamoasi ham rasmiy uchrashuvlarga qo'shilishi mumkin. Avvalroq Rossiya 2032 yildagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasmiy ariza topshirgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar