Bugun
1
O'zbek

Rossiya 2032 yildagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasmiy ariza topshirdi

Futbol
28 oktabr, 00:15
Mamlakat hududida futbol bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish taqiqlangan.
Rossiya 2032 yildagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasmiy ariza topshirdi
Foto: Спорт-Эксперсс

Rossiya 2032 yildagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasmiy ariza topshirdi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Italiyadagi stadionlar musobaqani qabul qilishga tayyor bo'lmasligi mumkinligi haqidagi xavotirlar ortidan Rossiya shunday qarorga kelgan.

Eslatib o'tamiz, Rossiya milliy jamoalari va klublari 2022 yildan beri xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Shuningdek, mamlakat hududida xalqaro turnirlar o'tkazish ham taqiqlangan.

Avvalroq Rossiya jamoalari kelasi yilning o'zida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar