Rossiya futbol jamoalari kelasi yilning o'zida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda «Mash na sporte» nashri Rossiya futbol ittifoqi (RFI)dagi manbaga tayanib xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, RFI rahbariyati Rossiyaning xalqaro maydonga qaytishiga ishonmoqda. Chunki ko'plab mamlakatlar Rossiyaga nisbatan munosabatini o'zgartirgan va muzokaralar boshlagan.
Ittifoqdagilar ham qaytish ehtimolini juda yuqori deb hisoblaydi. Shuningdek, yangi qo'shilgan hududlardan jamoalarning ikkinchi ligaga qo'shilishi UEFA va FIFA bilan munosabatlariga ta'sir ko'rsatmasligi ta'kidlandi.
Yaqin orada Donetskning «Shaxtyor» klubi milliy chempionatda ishtirokini boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, Luganskning «Zarya» klubi va Xerson viloyatidan «Fregat» klubi ham birinchilikda qatnashishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Rossiya klublari va milliy jamoasi 2022 yildan beri xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotgan edi.