Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Yevro-2028 saralashida milliy jamoaning ishtirok etishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda ittifoq bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma'lum qildi.
«Albatta, Yevro-2028 saralashida ishtirok etish umidi hamon saqlanib turibdi. Biz umidni yo'qotmasligimiz kerak», — dedi Mitrofanov.
Ma'lumot o'rnida, saralash bosqichi 2027 yilda bo'lib o'tadi. Yevropa chempionati esa 2028 yil 9 iyundan 9 iyulgacha Buyuk Britaniya va Irlandiya yashil maydonlarida o'tkaziladi.
Avvalroq Rossiya milliy jamoasi Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinida 2:1 hisobida g'alaba qozongani ma'lum qilingandi.