Live
6
O'zbek

O‘rtoqlik o‘yinlari. Eron Rossiyaga, Iordaniya Boliviyaga yutqazdi

Futbol
10 oktabr, 15:02
Ruslar o‘z tarixida ilk bor forslar ustidan ustun keldi.
O‘rtoqlik o‘yinlari. Eron Rossiyaga, Iordaniya Boliviyaga yutqazdi
Foto: 7Varzishi

FIFA kunlarida jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgan Osiyo jamoalari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishmoqda.

Eron safarda Rossiyaga qarshi maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchradi. Bu ruslarning forslar ustidan ilk g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha 3 o‘yinda Eron yengilmagandi.

Iordaniya esa Boliviyadan 90-daqiqada to‘p o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 10 oktabr
Rossiya — Eron 2:1
Gollar: Vorobyov (22), Batrakov (71)— Husaynzoda (48).
Rossiya — Safonov, Vaxaniya (Lukin, 89), Melexin (Beveev, 88), Osipenko, Sil'yanov, Glebov (Umyarov, 67), Batrakov, Anton Miranchuk, Glushenkov (Aleksey Miranchuk, 67), Bakaev (Sadullaev, 67), Vorobyov (Sergeyev, 67).
Eron — Biyronvand, Rizoiyon (Jahonbaxsh, 70), Ne’mati, Xalilzoda, Abarguei, Quddus (Tohiri, 78), Izzatullоhiy (Gorbani, 78), Nurafkon, Mohebi, Husaynzoda (Ismoilifar, 70), Torimiy.

Boliviya — Iordaniya 1:0
Gol: Robson Mateus (90).

Bugungi yangiliklar