Live
1
O'zbek

Transfermarkt JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar ramziy jamoasini tuzdi

Futbol
11 iyun, 05:30
Ushbu tarkibning umumiy qiymati 875 million yevroga baholandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Transfermarkt JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar ramziy jamoasini tuzdi
Foto: Getty Images

Transfermarkt portali 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmaydigan eng qimmat futbolchilardan iborat ramziy jamoani e’lon qildi.

Turli sabablarga ko‘ra — milliy jamoalarining mundialga chiqa olmagani, jarohatlar yoki murabbiylar qarori tufayli turnirni o‘tkazib yuboradigan futbolchilarning umumiy bozor qiymati 875 million yevroni tashkil etadi.

Ramziy jamoada eng ko‘p vakillikka Italiya ega. To‘rt nafar italiyalik futbolchi, jumladan darvozabon Janluiji Donnarumma ham mundialda qatnashmaydi. Bunga Italiya milliy jamoasining saralashdan o‘ta olmagani sabab bo‘lgan.

Jahon chempionatidan chetda qolgan futbolchilar orasida eng qimmat o‘yinchi sifatida gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya ko‘rsatildi. Uning transfer qiymati 140 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, ingliz futbolchisi Koul Palmer va ispaniyalik Fermin Lopes ham 100 million yevrolik qiymat bilan ro‘yxatning yuqori qismidan joy oldi.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar ramziy jamoasi:

Darvozabon:
Janluiji Donnarumma (Italiya) — 45 mln yevro.

Himoyachilar:
Federiko Dimarko (Italiya) — 50 mln yevro,
Rikkardo Kalafyori (Italiya) — 55 mln yevro,
Alessandro Bastoni (Italiya) — 65 mln yevro,
Yurrien Timber (Niderlandiya) — 70 mln yevro.

Yarim himoyachilar:
Dominik Soboslai (Vengriya) — 100 mln yevro,
Fermin Lopes (Ispaniya) — 100 mln yevro,
Koul Palmer (Angliya) — 100 mln yevro,
Xvicha Kvaratsxeliya (Gruziya) — 140 mln yevro.

Hujumchilar:
Benyamin Sheshko (Sloveniya) — 75 mln yevro,
Viktor Osimhen (Nigeriya) — 75 mln yevro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar