«Napoli» yarimhimoyachisi Antonio Vergara faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, «Tottenhem» 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi vakillari ehtimoliy transfer yuzasidan Vergaraning agentlari bilan aloqa o'rnatgan.
«Napoli» esa iqtidorli yarimhimoyachini yangi shartnoma taklif qilib jamoada saqlab qolishni istamoqda. Shunga qaramay, «Tottenhem» 25 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Shuningdek, futbolchi uchun kurashda «Bornmut» ham ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, Vergara «Napoli» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning neapolliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.