Bugun
22
O'zbek

Topuriya: «Salbiy natija og‘riq beradi, ammo sizni yo‘q qila olmaydi»

MMA
6 sentabr, 05:25
UFC sobiq chempioni Geyjiga qarshi jangda olgan jarohatlari haqida gapirdi.
Topuriya: «Salbiy natija og‘riq beradi, ammo sizni yo‘q qila olmaydi»
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Ilia Topuriya Jastin Geyjiga qarshi jangda olgan jarohatlari haqida gapirdi.

«Ko‘p yillar davomida men faqat bitta tuyg‘uni, ya’ni g‘alabani bilardim. 18 ta professional jang o‘tkazdim, ularning 17 tasi men istagandek yakunlandi, bittasi esa yo‘q.

Professional faoliyatimda birinchi marta mag‘lub bo‘ldim. O‘sha kecha sportning avval hech qachon duch kelmagan tomonini kashf etdim: har ikki ko‘z kosasi suyaklarining sinishi, burun va oyoq panjasining sinishi.

Uyg‘onib, oynaga qaraganimni eslayman. Bir necha soniya davomida qarshimdagi yuzni tanimadim: “Bunday bo‘lishi mumkin emas. Bu men emasman”. O‘z nigohimga qarash ham men uchun qiyin edi.

Lekin tashqaridan g‘alati tuyulishi mumkin bo‘lgan narsa sodir bo‘ldi. Aksimga qaraganimda, o‘zimga nisbatan yanada ko‘proq hurmat his qildim. Hatto o‘zimni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolganimni aytishim mumkin.

Borimni berdim, jangga tayyor holda keldim va ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘zimni yaxshi his qildim. Menga bahona izlashning hojati yo‘q. Urinib ko‘rdim, ammo o‘sha kecha buning o‘zi yetarli bo‘lmadi.

Buni qabul qilib yashay olishimni tushundim. Ich-ichingizdan bor-ingizni berganingizni bilsangiz, salbiy natija og‘riq beradi, ammo sizni yo‘q qila olmaydi.

Men ortga qaytishni, o‘sha kechani o‘chirishni yoki o‘z tariximni o‘zgartirishni istamadim», — dedi Topuriya.

Ma’lumot o‘rnida, UFC Freedom 250 turniri doirasida Topuriya Geyjiga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi. To‘rtinchi raunddan so‘ng Iliyaning burchagi jangni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Bugungi yangiliklar