«Arsenal» va «Atletiko Madrid» sobiq yarimhimoyachisi, hozirda «Vilyarreal» safida to‘p tepayotgan Tomas Parti atrofidagi mojaro davom etmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Gana milliy jamoasi futbolchisiga nisbatan yangi ayblovlar qo‘yilgan. Endilikda u to‘rt nafar turli ayolga nisbatan zo‘rlash bo‘yicha gumon qilinmoqda.
Futbolchi o‘z aybini tan olmayapti. U garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya Qirollik prokuratura xizmati Partiga uch nafar ayolning 2021–2022-yillar oralig‘idagi murojaatlari asosida besh epizod bo‘yicha ayblov bildirgan edi.
Avgust oyi boshida «to’pchilar» sobiq futbolchisi barcha ayblovlarni rad etgani ma’lum qilingandi. Uning advokati Tomas uch yil davom etgan tergov jarayonida politsiya bilan to‘liq hamkorlik qilganini bildirgan.