Superliganing 28-turi doirasida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi. Bellashuvda jizzaxliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada kiritildi. Bu vaziyatda Shahzod Akramov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 33 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 24 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Superliga. 28-tur
Qo‘qon-1912 — So‘g‘diyona 0:1
Gol: Akramov (avtogol) 74.
Ogohlantirishlar: Yo‘lchiyev 39, Yoqubov 42.
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Sidiqov, Gvazava, Akramov (Sohibjonov, 81), Malikjonov, Gulyamov (Gadoyev, 46), Giorgadze, Yo‘lchiyev (Tabatadze, 46), Hasanov (O‘ktamov, 81).
So‘g‘diyona: Mitrovich, Jo‘raboyev, Qobilov, Asqarov, Boltaboyev, Qahramonov (Xoshimov, 82), Ivanovich, Doriev, Mustafoqulov, O‘rinboyev (Abdurashidov, 63), Kamolov (Jumatov, 82).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi