Niderlandiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Uesli Sneyder ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning futbolkasini auksionda sotdi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
2010 yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng Ramos Sneyderga sovg‘a qilgan futbolka 65 126 yevroga sotilgan. Uning yangi egasi braziliyalik kolleksioner bo‘ldi.
Qizig‘i, Sneyderning o‘zi finalda kiygan futbolka esa 5 ming yevrodan sal ko‘proq mablag‘ga sotilgan.
Ma’lumot uchun, 2010 yilgi jahon chempionati finali 11 iyul kuni Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan. Ispaniya milliy jamoasi Niderlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan. G‘alaba golini 116-daqiqada Andres Inyesta kiritgan.